UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / Yoshlar doimo davlatimiz e'tibor va himoyasida


 Prezident Shavkat Mirziyoyev:

“...Eng muhim yutuq – yoshlarimizning harakati, niyati, o‘ziga ishonchi. Biz belgilab olgan Strategiyani, katta marralarni shunday yoshlar bilan amalga oshiramiz”!

Hozirgi tahlikali zamonda yurtboshimiz tomonidan yoshlarni har tomonlama qo'llab quvvatlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda ilgari surilgan yoshlar muammolariga befarq bo'lmaslik g'oyalari tamoyili asosida kelajak avlod yoshlarining hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoitlar yaratish, bilim olishlari, o'qib izlanishlariga ko'maklashish borasida chora-tadbirlar yo'lga qo'yilgan. 

Shular jumlasidan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali direktori Shukurulloh Ismoilov Habibullo o'g'li Xiva tumanidagi o’ziga biriktirilgan mahalla yoshlari bilan uchrashdi. Uchrashuv chog’ida ular doimo davlatimiz e’tiborida ekanligi, har tomonlama qo’llab-quvvatlanishlari to’g’risida aytib o’tildi.