UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / Direktor tomonidan ta'lim sifati, o‘quv, ilmiy va tarbiyaviy jarayonlar bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.


 

 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali direktori Shukurulloh Ismoilov tomonidan ta'lim sifati va tarbiyaviy jarayonlar hamda oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ishlarni manzilli va samarali tashkil etish chora-tadbirlari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Uchrashuvda filial direktor o'rinbosarlari, dekanlari, bo‘lim boshliqlari, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-o'qituvchilar, tyutorlar va ishchi hodimlar ishtirok etdilar. 

Yig‘ilishda direktor professor-o‘qituvchilar tomonidan darslarning sifatli tashkil etilishi, chet tillarini bilish darajasi, o'quv va ilmiy faoliyat, hozirgi tahlikali zamonda har bir yosh avlodning tarbiyaviy jarayonlariga befarq bo'lmaslik masalalari haqida to‘xtalib o‘tdi.