UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / "Biz korrupsiyani birgalikda to‘xtatamiz" hamda “Diniy ekstremizm va terrorizmdan ogoh bo‘laylik” mavzularida davra suhbati


2024-yil 13-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialida professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlar o'rtasida "Biz korrupsiyani birgalikda to‘xtatamiz" hamda “Diniy ekstremizm va terrorizmdan ogoh bo‘laylik” mavzularida davra suhbati  o'tkazildi. 

Unda Xorazm viloyat prokuraturasi katta prokurori J.Xudoyberganov, viloyat IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi S.Abdirimov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Urganch shahar bo‘yicha bosh mutaxassisi O.Vaisov, Urganch shahar bosh imomi H.Kenjayev,  filial direktori Sh.Ismoilovlar ishtirok etib, tadbir qatnashchilari  bilan mavzu yuzasidan muloqot qilishdi. 

Suhbat davomida tadbir qatnashchilariga korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, Respublika hamda viloyatimizda  oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar, korrupsiya harakatlarini sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan javobgarlik masalalari to’g’risidagi ma’lumotlar yetkazildi. 

Shu bilan birgalikda terrorizm va uning salbiy oqibatlari to‘g‘risidagi videorolik namoyish etildi hamda Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari orasidan diniy ekstremistik oqimlarga qo‘shilib qolgan va ularning g‘oyalarini qo‘llab, internet tarmog‘i orqali tarqatish bilan shug‘ullanib kelayotganligi uchun javobgarlikka tortilgan  talabalar mavjudligi misollar asosida ko‘rsatib berildi. Tadbir yakunida ko‘rsatilgan  mavzular yuzasidan  talabalarning fikr-mulohazalari tinglandi. Shu bilan birga tadbir qatnashchilari  o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.