UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / Ashirova Anorgul Ismoilovna nomidagi stipendiya nizomi


Oldin xabar berganimizdek, (https://t.me/UBTUIT_official/7011)TATU Urganch filialimizda Ashirova Anorgul Ismoilovna STIPENDIYASI ta'sis etildi!

Filialimizning isteʼdodli, iqtidorli va har sohada faol talaba-qizlari uchun ajoyib yangilik!  Aziz qizlarjon, sizlar uchun TATU Urganch filiali da  olima pedagog ustozimiz Ashirova Anorgul nomidagi stipendiya ta'sis etildi! 

Ushbu stipebdiya tanlovida qatnashish uchun siz quyidagi hujjatlarni Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo'limiga topshirishingiz kerak bo'ladi.

1.  Pasport (ID karta ) nusxasi

2. Ikkitadan 6x4 va 10x15 o'lchamlardagi 

3. Reyting daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi

4. Dekan va ilmiy rahbar tomonidan imzolangan tavsiyanoma

5. Ilmiy (ijodiy) ishlar ro'yxati va ularning bosma nusxasi

Shuni eslatib o'tishimiz kerakki, Ashirova Anorgul nomidagi stipendiyaning miqdori filial talabalari uchun oliy ta’lim muassasalari talabalariga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida belgilanadi. 

Tanlov haqida batafsil Stipendiya tayinlash to'g'risidagi Nizom orqali ilova qilinadi