Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
Davletov Xurshid Yuldashevich
Qabul vaqti: Dushanba – Shanba (9:00-16:30 gacha)
Telefon: (93) 467-07-47


Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi boshlig‘ining lavozim vazifalari:

  • О‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yо‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, Ma’naviyat va ma’rifat jarayoniga tegishli FILIAL buyruqlari bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
  • О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;
  • Bо‘limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
  • Bо‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
  • Talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil g‘ayriinsoniy g‘oyalar ta’siridan himoya qilishda hamda mustaqil О‘zbekistonning chinakam fidoyisi bо‘lib yetishtirishga qaratilgan ma’naviy ishlarni tashkil qilish;
  • FILIALda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarga doir tadbirlar о‘tkazilishini ta’minlash;
  • Talaba-yoshlar orasida axloqiy, estetik, siyosiy tarbiyani shakllantirish ishlarini yо‘lga qо‘yish;
  • Milliy urf-odatlar, qadriyatlar negizida olib borilayotgan anjumanlar, davra suhbatlari, uchrashuvlarni va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil qilish;
  • Talabalarning ma’naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish maqsadida qilinadigan ishlarni takomillashtirishga kо‘maklashish;
  • Universitetda ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning ustuvor yо‘nalishlarini belgilash, bu borada tegishli meyoriy hujjatlar, chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqish;
  • Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» markazining shahar, tuman bо‘limlari hamda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan jamg‘armalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda ishtirok etish;
  • FILIAL fakultetlaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va nazorat qilish;
  • Ma’naviy-ma’rifiy ishlarga doir vazirlik va FILIAL rektori buyruqlari, kо‘rsatmalarining fakultetlardagi ijrosini ta’minlash;
  • Ma’naviy-ma’rifiy masalalar yuzasidan fakultet dekanlari va kafedra mudirlari tomonidan bajarilgan ishlarni tahlil qilish va tavsiyalar berish;
  • Professor-о‘qituvchilarning yillik о‘quv yuklamalaridagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar” sohasiga tegishli bandning tо‘liq bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish;
  • Har semestr yakunida fakultetlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha dekan muovinlari olib borgan ishlari yuzasidan hisobot berishlarni ta’minlash;
  • Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda yaxshi tashabbus kо‘rsatgan fakultet, bо‘lim va kafedra jamoalari faollarini moddiy, ma’naviy rag‘batlantirishga doir takliflar, tavsiyalar berish;
  • FILIAL bо‘limlari, jamoat tashkilotlari, fakultetlar va kafedralarining ma’naviyat, ma’rifat sohasidagi ilg‘or tajribalarini ommalashtirish, tegishli ilmiy-uslubiy adabiyotlar tayyorlash va chop ettirishni tashkil qilish;
  • Markaz faoliyati va amalga oshirilgan ishlar bо‘yicha muntazam ravishda FILIAL rahbariyati va Vazirlikka о‘rnatilgan tartibda ma’lumot va hisobot berib borish;
  • О‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.