Ishlar boshqarmasi boshlig`i:
Ishlar boshqarmasi boshlig`i:
RUZMETOV MIRZO KARRIYEVICH
Qabul vaqti: Dushanba – Shanba (9:00-16:30 gacha)
Telefon: (998 97) 362-19-00


ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI

Ishlar boshqarmasi   boshlig‘i lavozim vazifalari:

  • Boshqarmaning barcha turdagi faoliyatiga rahbarlik qiladi, boshqarma xodimlarining ish faoliyatini tashkil etadi va uni nazorat qiladi;
  • Boshqarmaning joriy  va  istiqboldagi  rejalarini  ishlab  chiqadi  va boshqarma xodimlarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
  • Boshqarmaning yil  davomida  olib  borgan  faoliyati  natijasi  bо‘yicha hisobotni tayyorlaydi;
  • Boshqarmaning ish  rejasi,  yо‘riqnomasi,  nizomi,  meyoriy hujjatlarini ishlab chiqadi va rahbariyatga tasdiqlash uchun taqdim etadi;
  • Boshqarma faoliyatini  filial  bо‘limlari  faoliyati bilan muvofiqlashtiradi;
  • Boshqa tashkilot va korxonalarga yuboriladigan hujjatlarni о‘z huquq va vakolati doirasida tayyorlaydi hamda rahbariyatga taqdim etadi;
  • Boshqarma xodimlari  tarkibini  malakali  kadrlar  bilan  ta’minlash, xodimlar tomonidan amaldagi qonunchilik talablarini bevosita bajarilishi, ularni  ijtimoiy  himoya  qilish  bо‘yicha  amaliy  ishlar  qilishi,  faollik kо‘rsatgan  xodimlarni  rag‘batlantirish  masalalarini  bо‘yicha  chora-tadbirlar amalga oshiradi;
  • Boshqarma xodimlarining mehnat faoliyati uchun zarur bо‘lgan     shart-sharoitlarni  yaratishi,  xodimlar  tomonidan  mehnat  intizomiga  qat’iy  rioya qilinishi  hamda  qо‘l  ostidagi  xodimlarning  ijodiy  tashabbuskorlik  va faollikni rivojlantirish bо‘yicha ishlar olib boradi;
  • Moddiy va  ma’naviy  rag‘batlantirish,  mehnat  samaradorligini oshirish,  shuningdek  topshirilgan  vazifaga  nisbatan  har  bir  xodimning  va jamoaning  mas’uliyatini  oshirishga  oid  masalalarni  hal  etishni ta’minlaydi;
  • Boshqarma vakolati  doirasiga  kiruvchi  masalalar  yuzasidan  davlat, jamoat tashkilotlari va muassasalari tadbirlarida rahbariyat ruxsati bilan ishtirok etadi;
  • Xodimlar tomonidan  ichki  tartib  qoidalarga  amal  qilinishini,  ish faoliyati  davomida  foydalanish  uchun  berilgan  moddiy  qiymatliklardan xodimlar ehtiyotkorlik bilan unumli foydalanilayotganligi xolatini doimiy nazorat qiladi;
  • Filial hududi  va  binolariga  xodimlar  hamda  boshqa  shaxslarning kiritilishi  hamda  chiqarilishi  shuningdek,  moddiy  qiymatga  ega  bо‘lgan buyumlarni  kiritilishi  hamda  chiqarilishi  ustidan  tо‘liq  nazoratni  olib boradi;
  • Filial xodimlari  tomonidan  moddiy  boyliklardan  unumli, tejamkorlik va ehtiyotkorlik bilan foydalanilishini va moddiy boyliklarga nisbatan zarar keltirilishini oldini olish choralarini kо‘radi;
  • Filialning yig‘ma  jildlar  nomenklaturasini  Markaziy  Davlat Arxivi bilan kelishilgan xolda muntazam ravishda ishlab chiqadi va yangilab boradi;
  • Filial balansida  bо‘lgan  moddiy  qiymatliklarni  inventarizatsiya qilishda ishtirok etuvchi komissiya a’zolari ishini tashkil etadi;
  • Xodimlarni moddiy  javobgarlik  haqidagi  joriy  qonunlar  bilan, shuningdek  unga  ishonib  topshirilgan  moddiy  boyliklarni  saqlash,  qabul qilish, rо‘yxat asosida tarqatish, tashish bilan bog‘liq amaldagi yо‘riqnomalar, meyorlar va qoidalar bilan tanishtiradi;
  • Filial balansidagi  barcha  moddiy  qiymatliklarni  yaxshi  va ehtiyotkorona saqlanishiga bevosita javobgar hisoblanadi;
  • Boshqarma boshlig‘i  vaqtinchalik  yо‘q  paytida  xо‘jalik  mudiri  uning vazifalarini bajaradi;
  • Ishlar Boshqarmasi  faoliyatiga  oid  barcha  qilingan  ishlar  yuzasidan direktorga hisobot berib boradi.
  • Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini kо‘rib chiqadi.