Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari
Allamov Oybek
Qabul vaqti: Dushanba – Shanba (9:00-16:30 gacha)
Telefon: +998990000000
E-mail: ubtuit.uz


Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosarining lavozim vazifalari:

  • O`zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Davlat taʼlim standartlari asosida ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar jarayonini tashkil etish hamda malakali kadrlar tayyorlashni taʼminlash;
  • Davlat taʼlim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo`limlar, kafedra mudirlari va pedagog o`qituvchilarning to`liq bilishini taʼminlash;
  • Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko`rsatmalarini, ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar jarayonlariga oid masalalar bo`yicha Filial kengashi qarorlari va direktor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
  • Ilg`or mamlakatlar taʼlim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o`rganish, “Taʼlim to`g`risidagi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturiva boshqa taʼlimga oid qonunlarda ko`rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi ilmiy uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash;
  • Faoliyat yo`nalishi bo`yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
  • Ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar jarayonini taʼminlaydigan bo`limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
  • Ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, Filialdagi uslubiy kengash va pedagogik mahoratni oshirish, ilmiy ishlarga rahbarlik qilish, ilg`or uslubiy tajribalarni umumlashtirish, nazorat qilish;
  • Ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to`plamlarini Filial xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda Filialning barcha taʼlim va ilmiy faoliyat yo`nalishlari bo`yicha ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to`ldirib turish bo`yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
  • Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko`maklashish, talaba va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orasidan O`zbekiston Respublikasi Prezdenti, Navoiy, Beruniy, Ulug`bek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stependiya sovrindorlariini tayyorlash;
  • Tadqiqotchilikka qabul qilish jarayonini tashkil etish va nazorat qilish;
  • Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko`rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo`yicha takliflar tayyorlash;
  • Taʼlim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni taʼminlash maqsadida xorij mamlakatlarning turdosh oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish bo`yicha takliflar tayyorlash;
  • Xorij mamlakatlarning oliy taʼlim muassasalari bilan aloqalar o`rnatish, oliy taʼlimga oid konferensiya, simpozium, seminarlarni tashkil etish va nazorat qilish;
  • O`rnatilgan tartibda Filialning faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy va xalqaro aloqalarga oid ishlarni amalga oshirish;
  • Ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to`plamlarini Filial xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda muassasaning barcha taʼlim va ilmiy faoliyati yo`nalishlari bo`yicha o`quv-uslubiy va ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to`ldirib borish bo`yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
  • Ilmiy, ilmiy-amaliy anjumanlarni rejalashtirish, tashkil etish va o`tkazishni muvofiqlashtirish hamda boshqa tashkilot va korxonalarda o`tkaziladigan ilmiy anjumanlarda Filial professor-o`qituvchilari va xodimlarining qatnashishini taʼminlash, Filial ilmiy maktablarni shakllanishiga ko`maklashish, har qanday samarali ilmiy faoliyatni rag`batlantirish ishlarini olib borish;
  • Filialda magistratura, stajer-tadqiqotchi-izlanuvchilik yoki katta ilmiy xodim-tadqiqotchilikni rivojlantirish orqali yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlanishini taʼminlash hamda Filial xodimlarining o`z vaqtida ilmiy unvonlarni olishiga va ixtisoslashgan kengashlarni ochilishiga ko`maklashish;
  • Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko`maklashish;
  • Xalqaro bo`lim bilan hamkorlikda chet el grantlarining ilmiy tadqiqot qismi mavzusini, mazmunini shakllantirishda hamda tasdiqlashda qatnashish, barcha ilmiy tadqiqot ishlari, loyihalari va grantlarni bajarish, ilmiy anjumanlarni o`tkazish monitoringini olib borish, yuqori tashkilotlar uchun barcha zarur hisobotlarni shakllantirish, taqdim etish;
  • Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, talabalar orasidan Navoiy, Beruniy, Ulug`bek, Zulfiya va boshqa nomdor nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
  • Filialda ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun zarur moddiy texnika bazasini yaratish, tegishli ilmiy asbob-uskunalar bilan taʼminlash va taqsimlash jarayonlarini boshqarish va muvofiqlashtirish;
  • O`zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.