Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi
Asosiy / Fakultetlar /Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi
Kafedra mudiri:
PhD. Setmetov Ne'matjon Urunboyevich
Qabul vaqti: Har kuni
Telefon: +99897- 526-52-79

Kafedra dastlab, 2013 yil 31 dekabrda TATU UF dirеktori, t.f.d., profеssor A.X. Nishanovning 382-sonli buyrug‘iga asosan “Tabiiy va umumkasbiy fanlar” kafedrasi negizida “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi tashkil qilindi. 2014 yil 3 fevraldan 2015 yil avgust oyigacha kafedrani t.f.d., professor, Kalandarov Palvan Iskandarovich boshqarib kelgan. Hozirgi kunda kafedra mudiri Texnika fanlari boyicha falsafa doktori (PhD) Setmetov Ne'matjon Urunboyevich.

2023-2024 o‘quv yilida “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasida 19 nafar professor-o‘qituvchilar bo‘lib shulardan  7 nafar professor-o‘qituvchi o‘rindoshlik asosida  faoliyat olib bormoqda. Kafеdra professor-o‘qituvchilari tоmоnidan o‘quv jarayonini yaхshilash maqsadida bir nеchta o‘quv va uslubiy qo‘llanmalari yaratilgan. Kafеdraga O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tоmоnidan zamоnaviy kоmpyutеr sinfi bеrilgan.  Barcha kоmpyutеrlar intеrnеt tarmоg‘iga ulangan va talabalar bo‘sh paytlarida kоmpyutеrlardan fоydalanish imkоniyatiga ega.

         Kafedra o‘zbek va rus guruhlarida bakalavriaturaning 60611000 (5350100) - Telekommunikatsiya texnologiyalari yo’nalishi bo‘yicha, magistraturaning 70611001 (5A350101) - Telekommunikatsiya injiniringi (Teleradioeshittirish) mutaxasisligi bo’yicha kadrlar yetishtirilib chiqaradi. Kafеdra tashkil etilgandan buyon o‘z faoliyati davomida mutaxassislik bo‘yicha 300 dan ortiq bakalavrlar tayyorlagan. Ular o‘z ish faoliyatini faqat O’zbеkiston Rеspublikasida emas, balki chеt el mamlakatlarida ham davom ettirmoqdalar.

Kafedrada quyidagi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi: 

Bakalavriatura:

Magistratura:
Kafedrada 2023/2024 o’quv yili bo’yicha  o`qitiladigan fanlar:
1.    Elektronika va sxemalar 1
2.    Elektronika va sxemalar 2
3.    Kompyuter tarmoqlari
4.    Raqamli qurilmalarni loyihalash
5.    Tizimlar va signallarni qayta ishlash
6.    Signallar va tizimlar
7.    Abonent kirish tarmoqlari
8.    Tolali optik aloqa liniyalari
9.     Pochta aloqasi texnologiyasi
10. Elektromagnit maydonlar va to’lqinlar
11.  Virtual tarmoq texnologiyalari
12.  Axborot va kodlash nazariyasi
13.  Simsiz tarmoqlar
14. Aloqa tizimlarini modellashtirish va simulyatsiyalash
15. Optik aloqa tizimlari
16. Multimediali aloqa tarmoqlari
17. Kommutatsiya va marshrutizatsiya
18. Signallarga raqamli ishlov berish
19. Keyingi avlod konvergent tarmoqlari
20. Amaliy TV tizimlari
21. Videokuzatuv tizimlarni qo‘llash va loyihalash
22.Raqamli teleradioeshittirish tizimlari
23.Studiya va studiyadan tashqari eshittirishlarni tashkil qilish
 

 Kafedra 2023/2024 oq’uv yilida quyidagi shtatdagi professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan faoliyat yuritib kelmoqda. 

               Asosiy shtatda: 
 
            1.     Setmetov Ne’matjon Urunboyevich – Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Kafedra mudiri
       2.     Ismailov Shavkat Ko‘ziyevich – fizika-matematika fanlari nomzodi, Dotsent
       3.     Ismoilov Shukurulloh Habibulla o‘g‘li – fizika-matematika fanlari nomzodi, Dotsent
       4.     Matyokubov O’tkir Karimovich – Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Dotsent
       5.     Avazov Erkinjon Sherimmatovich – “Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari, Axborotlarni taqsimlash” ixtisosligi bo‘yicha dotsent
       6.     Masharipov Otaboy Matyoqubovich – Katta o‘qituvchi
       7.     Bekimetov Alisher Farxodovich - Katta o‘qituvchi
       8.     Yangibayeva Madina Rustamovna - Katta o‘qituvchi
       9.     Omonov Ibratbek Ikromboy o‘g‘li – Assistant
      10. Allayarov Muminjan Rinatovich - Assistent
      11. Saparbayev Raxmon Komiljonovich – Stajor-o‘qituvchi
      12. Jumaboyeva Marhabo Rustamboyevna – Stajor-o‘qituvchi
      13. Artikova Gulzoda G’ulomjonovna – Stajor-o‘qituvchi
      14. Xatamova Mavluda Komiljon qizi – Stajor-o‘qituvchi
      15. Olimov Olimboy Otabekovich – Stajor-o‘qituvchi 
      16. Matyakubov Davlatbek Davronbekovich – Stajor-o‘qituvchi
      17. Matsapayev Jamshidbek Sodiqjon o‘g‘li – Stajor-o‘qituvchi
      18. Xaytboyeva Mehriniso Nizamaddin qizi – Stajor-o‘qituvchi
      19. Madrahimov Zafarbek Erkin o‘g‘li – Stajor-o‘qituvchi
      20. Azadov Izzatbek Aybek o‘g‘li – Stajor-o‘qituvchi

 

      
             O’rindosh:
            1.     Kutliyev Uchkun Otoboyevich – f.-m.f.d., Professor
            2.     Jumanazarov Doniyor Rustamovich – DSc., Professor
            3.     Raximov Baxtiyar Saidovich – t.f.n., Dotsent
            4.     Gandjayev Toxir Xodjanazarovich- Katta o‘qituvchi
            5.     Sattarov Marimbay Atabayevich- Katta o‘qituvchi
            6.     Radjapov Zoxidjon Madraximovich - Assistent
            7.     Ildarov Suleyman Maqsud o‘g‘li – Stajor-o‘qituvchi
 

 

Kafedrada ilmiy ishlari va yo‘nalishlari.

      Hozirgi davrda kafedra o’qituvchilari o’quv rejasidagi fanlardan chuqur bilim berish maqsadida yangi pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan, virtual laboratoriya ishlarini yaratishni, internet tizimiga ulangan maxsus multimediya sinfida olib borishni amalga oshirmoqdalar. Shu bilan birga tarmoqlarda axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari ham muntazam ravishda talabalarga yetkazib berish ustida tinmay izlanish olib bormoqdalar.

Erishilgan yutuqlar.

      Kafedra o’qituvchilarining samarali mehnatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanishgan. Jumladan, 2017 yilda Ismailov Sh. “O’zbekiston Respublikasi konstituttsiyasiga 25 yil” nishoni bilan, 2014 yilda Mustaqillik bayramining 23 yillik munosabati bilan N.U. Setmetovga “O’z kasbining ustasi” belgisi bilan taqdirlandilar.

       Shuningdek, kafedra dotsenti E.Sh. Avazov “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi respublika bosqichining Aloqa axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohasi bo’yicha 2015 yil uchun “Mutaxassisligi bo’yicha eng yaxshi pedagog” nominatsiyasi g’olibi bo’ldi.